Yil boshidan buyon 4,4 mlrd so‘mlik qalbaki va sifatsiz dori vositalari olib qo‘yildi

O‘zbekiston 13:11 / 04.08.2022 2468

Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, huquqbuzarlar tomonidan muomalaga kiritilishi mo‘ljallangan 4,4 mlrd so‘mlik sifatsiz va qalbaki dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari yoki psixotrop moddalarni tayyorlash, saqlash va o‘tkazish bilan bog‘liq 52 ta jinoyat aniqlanib, 272 mln so‘mlik ushbu turdagi preparatlar noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olingan.

“Agarda siz, dori vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish holatlariga duch kelsangiz yoki kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarni noqonuniy taklif qilayotgan shaxslar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning 71-233-10-07 raqamli ishonch telefoni yoki www.new-department.uz rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: