Har bir vazir va viloyat hokimi yosh mutaxassislarni tanlash dasturini e’lon qiladi 

O‘zbekiston 15:56 / 04.08.2022 2278

Qayd etilishicha, davlat idoralariga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi tajriba tariqasida Samarqand viloyati va Davlat soliq qo‘mitasida sinovdan o‘tkazildi. Samarqand viloyati hokimi va DSQ raisi yangi tizim orqali qanday natijalarga erishgani haqida axborot berdi.

Ular hisobotini tinglab, davlat rahbari yil yakunigacha ishga qabul qilishning ochiq tanlov tizimini barcha idoralarda joriy qilish topshirig‘ini berdi. Ikki oy muddatda oliygohlar diplomlari va mehnat daftarchalarini mavjud elektron bazaga to‘liq kiritib, uni tanlov elektron platformasiga integratsiya qilish vazifasi qo‘yildi. Yil yakuniga qadar 4 mingta bo‘sh lavozimga tanlov o‘tkazish topshirildi.

“Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur. Bu tajribani tizimli yo‘lga qo‘yish uchun har bir vazir va viloyat hokimi bir oy muddatda yosh mutaxassislarni tanlash dasturini e’lon qiladi. 

Dastur doirasida oliygohlar bitiruvchi kurslarida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlar saralanib, vazirlik va hokimlik tizimida stajirovka o‘taydi va o‘qishni tamomlagach, tanlov asosida ishga qabul qilinadi. 

Bunda, nafaqat o‘zimizdagi oliygoh talabalari, balki nufuzli xorijiy oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz ham qamrab olinadi”, dedi prezident.

Ko‘proq yangiliklar: