Toshkentda bankdan 15 mlrd so‘m pul o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Jamiyat 14:21 / 03.08.2022 48703

2022 yil 7 iyul kuni 1976 yilda tug‘ilgan S.Sh. o‘z jinoiy sheriklari bilan o‘zaro til biriktirib, poytaxtning “Davr bank” XATB tizimiga ruxsatsiz kirish orqali 15 milliard so‘m miqdordagi pullarni o‘zining jinoiy sherigi 2000 yilda tug‘ilgan N.Sh.ning nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazgan. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, shundan so‘ng N.Sh. ushbu pullarning 11 453 244 343 so‘m miqdorini noqonuniy o‘zlashtirgan. Yechib olingan pullar jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida taqsimlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksi 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (“Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Toshkent shahar IIBB tomonidan olib borilgan tezkor tergov harakatlari natijasida 11 nafar fuqaro gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, ularga qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. 

Shuningdek ikki nafar gumonlanuvchilar, 1986 yilda tug‘ilgan S.U. hamda 1988 yilda tug‘ilgan E.A.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.  

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi IIBB xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: