Yaponiyada dunyodagi eng yengil noutbuk taqdim etildi 

Fan-texnika 20:53 / 02.08.2022 41982

Yaponiyaning Fujitsu kompaniyasi og‘irligi 634 grammga teng Lifebook WU-X/G2 noutbukini taqdim etdi, deb xabar berdi Aroged portali. 

Noutbukning displeyi 13 dyuym bo‘lib, qurilmaga Intel Core i5-1235U yoki i7-1255U protsessori o‘rnatilgan. 

Fujitsu Lifebook noutbukining tezkor xotirasi 32 GB, ichki xotirasi esa 256 GBdan 2 TBgacha yetkazilishi mumkin. U Bluetooth 5.1 va Wi-Fi 6 simsiz modullari, SD-kartalar uchun tirqish va veb-kamera bilan jihozlangan. 

Noutbuk korpusi uglerod tolasidan ishlangan. U Windows 11 operatsion tizimida ishlaydi. 

Fujitsu Lifebook WU-X/G2 bazaviy modelining narxi 1,3 ming dollardan boshlanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: