Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-iyun oylarida Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida tovuq go‘shti yetakchi pozitsiyani egallab turibdi – 3,6 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan tovarlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- mandarin – 3 ming tonna;
- makkajo‘xori – 2 ming tonna;
- kakao va shokolad – 1,2 ming tonna;
- olma – 993 tonna;
- qandolat mahsulotlari – 709 tonna;
- margarin mahsulotlari – 591 tonna;
- sut mahsulotlari – 350 tonna;
- banan – 197 tonna.