“Dunyo” xabariga ko‘ra, onlayn tadbir davomida Malayziya tomoniga ushbu mahsulotni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish uchun xomashyo xarid qilish tartibi, loyiha uchun yer ajratilishi, mavjud infratuzilma va ishchi kuchlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Malayziya kompaniyasi rahbari ushbu loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishini, birinchi bosqichda loyiha qiymati 2 million dollar atrofida bo‘lishi, mahsulotlar to‘laligicha eksport qilinishini ma’lum qildi.
Muzokaralar natijasida tomonlar o‘rtasida loyihani amalga oshirish imkoniyatini o‘rganish uchun Malayziya kompaniyasi rahbarining Toshkent viloyatiga safarini uyushtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
1998 yilda asos solingan LJACK kompaniyasi oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor o‘simliklarni chuqur qayta ishlash asosida dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya mahsulotlari nafaqat janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi, balki jahonning 20dan ortiq mamlakatiga eksport qilinadi.
Kompaniya yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish tizimini muntazam takomillashtirib borishga xizmat qiladigan tadqiqot markaziga ham ega.