Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 24 iyul kuni Nishon tumanidagi “Kaptarli” MFYda yashovchi jiyanining nikoh to‘yiga kelgan Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi shaxs yarim tunda tort kesish tadbirida shu mahallada yashovchi, kuyovning jo‘rasi bilan janjallashib qolgan.
Oqibatda, spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan mehmon oshxonadan pichoq olib chiqib, kuyovjo‘raning chap ko‘krak qismiga sanchib, unga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan Nishon tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, og‘ir tan jarohatlari olgan kuyovjo‘ra shifoxonada vafot etgan.