Har bir ona uchun bolasining kamolini ko‘rish baxt bo‘lsa, Nargiza Uzoqxo‘jayeva uchun esa bu sinov bo‘lib kelyapti. Boisi, uning 14 yoshli qizi Dilsora Akmalxo‘jayeva 2020 yildan beri bosh miyaning og‘ir kasalligi bilan og‘riydi. Ayni vaqt bu beg‘ubor qizaloq saxovatpesha insonlarning ko‘magiga muhtoj.
“Shu ikki yil oldin qizim boshim og‘riyapti deb yurardi. Qizimning gaymoriti bor edi, shuning hisobiga bo‘layotgan og‘riq deb o‘yladim. Bir kun yana boshi og‘rib yurganda, hovliga chiqib o‘zidan ketib qoldi. Qarasam, yerda yotibdi. Ancha vaqt o‘ziga kelmadi. Borib, tekshirtirsak miyasida o‘simtasi bor ekan. Murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerak deyishdi, jamg‘armalardan yordam olib, Hindistonda qildirib keldik. Ammo shunga qaramay, ahvoli yaxshi emas.
Boshqa neyroxirurglarga olib borib ko‘rsatdik, bitta qilingan operatsiyadan keyin keyingi operatsiya uchun kamida 5-6 oy o‘tishi kerak ekan. Shifokorlar bilan maslahatlashdik, Moskvaga olib borishimizni aytishyapti va buning uchun katta mablag‘ zarur.
Oilaviy sharoitimiz og‘ir, bir hovlida 16 kishi yashaymiz. Turmushim bo‘lmay ota uyimga kelganman. Bemor bolam bilan ota-onamga tashvish tug‘diryapman”,– deydi ko‘zida yosh bilan Dilsoraning onasi.
Operatsiyani o‘tkazish zarur, lekin uning xarajatlarini qoplash uchun Nargiza Uzoqxo‘jayevaning imkoni yetmaydi. Aziz yurtdoshlar, agarda ehson uchun moddiy va ma’naviy sharoitingiz bo‘lsa, shu qizaloqqa yordam berishingizni so‘rab qolar edik. Zero, tobora omonat qolayotgan bu dunyoda yaxshilik qilib qolish barchamiz uchun kerak.
Dilsora Akmalxo‘jayevaga oid ma’lumotlar:
UzCard: 8600 0610 2290 7132 onasi Nargiza Uzoqxo‘jayeva nomida.
HUMO: 9860 1301 0592 0875 buvisi Muhabbat Saidmurotova nomida
Manzil: Toshkent viloyati, Parkent tumani, Qoraqalpoq qishlog‘i, Obod diyor ko‘chasi 25-uy
Dilshoda Shomirzayeva tayyorladi,
tasvirchi Abdusalim Abduvohidov.