Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marhamat tumanida hokim va IIB boshlig‘i o‘rtasida mushtlashuv yuz bergani haqida xabar tarqaldi. Hokimlik buni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Marhamat tumani hokimi va tuman IIB boshlig‘i mushtlashdi» sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Marhamat tumani hokimligi matbuot xizmati ushbu voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, voqeani asossiz deb atagan.
«2022 yilning 26 iyul kuni tuman hokimligi binosida tuman sektor rahbarlari birgalikda tumandagi 20 nafardan ortiq fuqaroni qabul qildi. Mazkur qabul davomida ularning murojaatlari tinglanib, 12 fuqaroning murojaatlari ijobiy hal qilingan. Bu jarayonda tuman rahbariyati o‘rtasida hech qanday ziddiyatli holatlar yuzaga kelmagan», deyiladi rasmiy munosabatda.

Tuman hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, tadbirda aksincha, fuqarolarning muammolari barcha tegishli korxona va tashkilotlar orqali ijobiy hal qilingan, ijtimoiy tarmoqlarda esa mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmagan, hech qanday asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlar tarqatilgan.
Ushbu voqeadan 40 kuncha muqaddam, iyun oyi o‘rtalarida Marhamat tumanida IIB boshlig‘i va MIB rahbari janjallashib qolgani haqidagi xabarlar tarqalgan, o‘shanda ham tuman hokimligi ushbu voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirgandi.
«Sayyor qabul jarayonida rahbarlar, ayniqsa, tuman IIB boshlig‘i (podpolkovnik Akbar Axunov) hamda Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i (Umidjon Mirzaabdullayev) o‘zaro suhbatlashish jarayonida balandroq ovozda gaplashganliklari atrofdagilarda boshqacha taassurot uyg‘otgan bo‘lishi mumkin. Aslida, rahbarlar o‘rtasida nizoli holat yo‘q», deyilgan tuman hokimligi munosabatida.
O‘shanda Majburiy ijro byurosi ham mazkur voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, «sayyor qabul jarayonida tuman IIB va Byuroning Marhamat tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgani va tadbir yakuniga qadar o‘zaro kelishib olishgan»ini bayon etgan edi.
Avvalroq Marhamat tumanidagi 72-IDUM o‘qituvchilari o‘quvchilarning oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi pastligi uchun ota-onalar qarshisida kechirim so‘rashga majbur qilingani sababli tuman XTB mudiri Aliyaxon Abduvohidova hamda 72-IDUM direktori Muqaddamxon Hasanova lavozimidan ozod etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
Mavzuga oid

17:09 / 25.01.2025
“O‘zbekistonda bunaqasi bitta”: Marhamatdagi aylana kutubxonaga sayohat

18:35 / 04.01.2025
“Katta miqdorda maosh beramiz deyishdi” – Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

13:08 / 01.05.2024
Andijon viloyatida kun davomida uchinchi tumanda hokim o‘zgardi

19:45 / 15.02.2024