Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentabrdan tug‘uruq va homiladorlik nafaqasini to‘lash tartibi o‘zgaradi
Prezident «O‘zbekiston aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Foto: Getty Images
Hujjatga ko‘ra, Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etildi.
Jamg‘arma faoliyatini moliyalashtirish manbalari davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
- joriy yilning 1 sentabridan boshlab davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida tug‘uruq va homiladorlik nafaqasi eng kam iste’mol xarajatlari hisobida to‘lanadi. Shu bilan birga, agar xodimning ish stajida bir oygacha bo‘lgan tanaffuslar bo‘lsa, u holda uzluksiz ish stajini hisoblashda tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar hisobga olinadi;
- kelgusida davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni to‘lash «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
7 mart kuni prezident «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi.
Hujjatda 2022 yil 1 sentabrdan boshlab barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga, budjet tashkilotlari bundan mustasno, oylik iste’mol xarajatlarining eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tug‘uruq va homiladorlik nafaqalari to‘lanishi belgilandi.
Joriy yilning yanvar oyida Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, eng kam iste’mol xarajatlari har bir kishi uchun oyiga 498 ming so‘mni tashkil qilgan. O‘tgan yili u 440 ming so‘mni tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
UzAuto Motors’ning shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston | 12:57
-
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi
Jamiyat | 12:54
-
Toshkent tumanida mebel korxonasi 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi
Jamiyat | 12:53
Mavzuga oid

21:59 / 18.06.2025
AQShda bir necha hafta oldin vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi

06:22 / 21.02.2025
Homilador ayollar necha marta skrining tekshiruvlaridan o‘tishi zarur?

11:10 / 14.02.2025
Homiladorligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etildi

21:19 / 29.12.2024