Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi koloniyada 20 yoshli yigit o‘z joniga qasd qildi. Prokuratura va qamoqxona rahbari izoh berdi
Tovoqsoy qamoqxonasida 20 yashar mahkum o‘zini 2-qavatdan tashladi. Inson huquqlari faoli u qiynoqlarga dosh berolmasdan shunday yo‘l tutganini aytmoqda. Prokuratura Kun.uz'ga qamoqxonaning 2-qavatidan o‘zini pastga tashlaganlar ikki nafar ekani, ular og‘ir tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Foto: Edijs Palens
“Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovning aytishicha, hodisa 25 iyun kuni ro‘y bergan. Huquq faoliga ko‘ra, mahkum ayni paytda xalq tilida “sangorod” deb ataladigan mahbuslar shifoxonasida davolanmoqda, ahvoli og‘ir.
“Alisher Yakubov joniga qasd qilgani haqida yaqinlariga oradan 4 kun o‘tib xabar berishibdi. Orada mazkur hodisa bo‘yicha bir odamni ishdan bo‘shatishibdi. Surishtiruv xulosalari borasida esa hech nima deyishmayotgan ekan”, deyiladi Tashanov Facebook'dagi sahifasida qoldirgan xabarda.
Huquq faoli jabrlanuvchining yaqinlari bergan ma’lumotga tayanib u muntazam qiynoqqa solinganini aytmoqda. Mahkumning otasi farzandini 10 aprel kuni onasi bilan birgalikda ko‘rib kelishgani, ertasiga u karserga tashlanganini ta’kidlagan.
“Shu yilning yanvarida otasi Elmurod akaga o‘zining muntazam qiynoqlarga tutilayotgani haqida xat yozgan. Sud hukmi bilan 2020 yilning fevralida 10 yilga qamalgan bu yigitcha panjara ortiga kirganida 18 yoshda edi. Bosh miyasida bolalikdan jarohati bor ekan, “Ezgulik”ka qilgan murojaatiga qo‘shib bir dunyo tibbiy xulosalarni ham taqdim qilishgan boyaqishlar.
Talabi – qiynoqqa solgan o‘sha zo‘ravonlarga nisbatan chora ko‘rdirish ekan advokatga qo‘li kalta ota-onaning. Koloniya ma’muriyati esa bolaning o‘zini irodasizlikda ayblamoqda. Ko‘rinadiki, irodasiz bo‘lsangiz, qamoqqa tushmang. Aks holda, siz uchun hech kim javob bermaydi. Rasmiylar bunday noxush hodisani yashirishadi, go‘yo hamma yoq chaman, gullab ketgan, yashnab ketgan”, deb yozadi Abdurahmon Tashanov.
Holat yuzasidan bayonot bergan Toshkent viloyati prokuraturasi binoning yuqori qavatidan o‘zini tashlashga uringan mahkumlar ikki nafar bo‘lganini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, 19 iyun kuni mahkumlar koloniya boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga rioya qilmasdan, o‘zlarining yashash sahniga kirish o‘rniga 2-yashash sahnidagi tanishlari oldiga yashirin ravishda o‘zboshimchalik bilan o‘tishgan va ichki tartib-qoidalarini buzgan holda 5-turkumda jazo muddatini o‘tab kelayotgan boshqa bir mahkumning qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan shaxsiyatiga tegib, qo‘pol muomalada bo‘lishgan. Buning uchun har ikki mahkum intizomiy jazoga tortilgan.
IIV Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi 7-son JIEK boshlig‘ining ma’lum qilishicha, uch nafar mahkum shu yilning 20 iyunida qo‘llangan intizomiy jazodan norozi bo‘lib, 25 iyun kuni soat tonggi beshlar atrofida koloniyaning 10-turkumi tom qismiga chiqib, o‘zlarini boshqa koloniyaga o‘tkazishlarini talab qilishgan; koloniya xodimlarining tushuntirishlariga qaramasdan soat 6:30da binoning 2-qavatidan o‘zlarini pastga tashlashgan.
Rasmiy axborotda, koloniyaning davolash-profilaktik yordam ko‘rsatish bo‘limi xodimi tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgani, mahkumning umumiy ahvoli qoniqarli ekani aytiladi.
Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, ushbu holatda jinoyat alomatlari aniqlanmagan va jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan.
O‘tgan yili ham Qashqadaryodagi qamoqxonada mahkum tomirini kesib, o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqalgan, holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazgan Bosh prokuratura mazkur xabar haqiqatga mos kelmasligini ma’lum qilgandi.
Holatga Ombudsman va uning milliy preventiv mexanizmlar guruhi, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz ham e’tibor qaratishi maqsadga muvofiq.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

07:47 / 28.06.2025
YeI sammitida Isroil G‘azoda inson huquqlarini poymol etayotganiga urg‘u berildi

16:33 / 27.06.2025
Qamoqqa olingan shaxsni hibsxonada majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi qonun imzolandi

20:15 / 12.06.2025
Pasayishlar ko‘tarilishlardan ko‘p: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgaryapti?

22:10 / 01.06.2025