Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, so‘m mart oyining ikkinchi yarmidan bugungi kunga qadar 5,2 foizga mustahkamlandi. Natijada, so‘mning AQSh dollariga nisbatan yil boshidan qadrsizlanishi 1,2 foizga teng bo‘ldi.
2022 yil I yarim yillikda pul bozorida jami 65,8 trln so‘mlik operatsiyalar amalga oshirilib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 15 foizga ko‘proq bo‘ldi va umumiy likvidlik dinamikasi bilan izohlanadi.
Pul bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari esa iyun oyida 17,1 foizgacha pasaydi.