MB katta kupyuralar inflatsiyaga o‘sishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yuzasidan izoh berdi

Iqtisodiyot 07:34 / 23.07.2022 15403

Markaziy bankning moliyaviy savodxonlikni oshirish departamenti xabariga ko‘ra, MB o‘z maqomidan kelib chiqib respublika hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida pullarni muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Markaziy bank iqtisodiyotni kerakli mahsulot va xizmatlar hajmini ishlab chiqarish uchun yetarli mablag‘ bilan ta’minlaydi.

Pul kupyuralarining kattalashishi va muomalaga chiqarilishi bu pul miqdori ko‘payishini emas, balki uning tarkibiy qismi o‘zgarishini anglatadi. Misol uchun, 100 ta 2000 so‘mlik o‘rniga 1 ta 200 ming so‘mlik muomalada aylanadi. 

Bildirilishicha, bu iqtisodiyotning turli qatlamlari uchun turli xil afzalliklarga ega:

  • aholi uchun katta xaridlarni amalga oshirishda qulaylik yaratadi;
  • banklar uchun naqd pul muomalasi (sanash, o‘rash, tashish, bankomatlarni to‘ldirish va b.) jarayonini osonlashtiradi;
  • naqd pulni ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni kamaytiradi.

Qayd etilishicha, inflatsiya darajasiga ta’sir etuvchi omillar bir nechta. Iqtisodiyotda pul massasi oshishidan tashqari, aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining yuqori inflyatsion kutilmalari va ularga asoslanib chiqargan qarorlari va xatti-harakatlari inflatsiyaga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Agar aholi katta pullarning muomalaga kiritilishi bilan narxlar oshadi degan kutilma asosida o‘z xarid xarajatlarini keskin oshirsa, bozorda ortiqcha talab paydo bo‘ladi. Bu yuqori talabga javob sifatida taklif sifatida tadbirkorlar tomonidan zamin yaratiladigan narx-navoni oshishiga sabab bo‘ladi.

Aholining moliyaviy savodxonligi yuqori bo‘lmagan iqtisodiyotda aksariyat hollarda iste’molchilarning shov-shuvli xavotirlari va yuqori inflyatsion kutilmalariga tayanib chiqargan qarorlari natijasi narxlar ko‘tarilishini keltirib chiqaradi.

Ko‘proq yangiliklar: