Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti tasdiqlandi
O‘zbekiston qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 foizli qabul ko‘rsatkichlari oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz
Davlat komissiyasi bayoniga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 045 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.
Ta’lim shakllari kesimida:
- kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 151 ta (davlat granti asosida - 1588 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 563);
- sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 228 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
- kechki ta’lim shakli uchun – 495 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
- masofaviy ta’lim shakli uchun – 171 ta (to‘lov-kontrakt asosida).
Mavzuga oid

15:16 / 06.03.2025
Rossiya rus harbiy attashesi chiqarib yuborilishiga javob qaytarishini bildirdi

14:47 / 25.02.2025
Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi

13:15 / 11.01.2025
Jurnalistlar halok bo‘lgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi

10:03 / 01.01.2025