O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan 6 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi

Iqtisodiyot 07:59 / 22.07.2022 10517

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 3,3 mlrd dollar.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2,8 mlrd dollar va 1,5 mlrd dollarlik mahsulotlar olib kelingan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: 

  • Koreya – 1,3 mlrd;
  • Turkiya – 839 mln;
  • Germaniya – 517 mln;
  • Turkmaniston – 326 mln;
  • Hindiston – 309 mln;
  • AQSh – 219 mln;
  • Braziliya – 207 mln AQSh dollari.

Bundan tashqari, O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlat ma’lum qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar quyidagicha: 

  • Xitoy – 1,3 mlrd;
  • Rossiya – 1,2 mlrd;
  • Turkiya – 908 mln;
  • Qozog‘iston – 625 mln;
  • Qirg‘iziston – 483 mln;
  • Afg‘oniston – 365 mln;
  • Tojikiston – 211 mln;
  • Kanada – 104 mln;
  • Turkmaniston – 92 mln;
  • Eron – 88 mln AQSh dollari.
Ko‘proq yangiliklar: