Korzinka — boy tarixga ega bo‘lgan hamda faol o‘sish va rivojlanishda davom etayotgan O‘zbekistondagi yirik supermarketlar tarmog‘i. So‘nggi yarim yillikda kompaniya mingdan ortiq odamlarni ishga qabul qildi, kompaniya xodimlari soni esa 6,3 mingni tashkil qiladi. Kompaniya xodimlar ishdan qoniqish darajasini o‘rganish bo‘yicha doimiy tadqiqotlar olib boradi. Joriy yilda so‘rovnoma ishtirokchilari Korzinkada ishlashning 7 afzallik jihatlarini keltirib o‘tdilar.
Korzinka birinchi ish kunidanoq rasmiy ishga qabul qiladi.
Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda, men o‘qishdan keyin ishga borardim, albatta ishim rasmiy emas edi. U vaqtda hech kim ishim va oyligimga kafolat bermas, ish jadvalim esa doimiy tartibga keltirilmagan edi. Meni istalgan vaqt ishga chaqirishlari, dam olish kunlarini bekor qilishlari yoki oylik ish haqimni ushlab qolishlari mumkin edi. Yana sotuvchi-konsultant bo‘lib ham ishlaganman. Unda soatlab ko‘chada turish va mahsulotlarni o‘tgan-ketganlarga taklif etishim talab qilinardi. Men uchun hech qanday ish sharoitlari yaratilmagan edi – hatto stul yoki soyada turish ham. Keyin esa xaridorlar orasida so‘rovnoma o‘tkazadigan ishga o‘tdim, albatta bu safar ham norasmiy. U yerda ishchining salomatligi, ko‘chada qanday ob-havoligi rahbariyatni umuman qiziqtirmasdi – asosiysi – belgilangan hisobdagi odamlarni so‘rovnomadan o‘tkazish. Yomg‘irda ham, qorda ham, yuqori haroratda ham ishlardim, aks holda rahbariyat ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitardi.
Bugun o‘sha vaqtlardagi ishim bilan solishtirsa, arzigulik taraflari talaygina. Rasmiy ishga joylashganda xodim yuqoridagiga o‘xshash holatlardan qonun bilan himoyalanadi. Korzinkada faqatgina mehnat shartnomasi tuzilgandan so‘nggina ishga kirishiladi. Bu yerda ish jadvali aniq belgilangan, smenalar me’yorlashtirilgan, xodimlar va ularning qonuniy haq-huquqlari hurmat qilinadi. Qulay va xavfsiz ish sharoitlari – shuningdek, shubhasiz, katta ustunlik. Pandemiya davrini esga oladigan bo‘lsak: Korzinka bizni transport, qo‘shimcha imtiyozlar bilan ta’minladi, salomatligimiz haqida g‘amxo‘rlik qildi va har qanday sharoitda qo‘llab-quvvatladi.
Qiziqarli fakt
Birinchi kundan rasmiy ishga joylashish — avvalo ishchi uchun kafolat. Bu degani, sizni sinov muddati davomida to‘lovsiz qoldirishmaydi, sinov muddati davomiyligi esa 3 oydan oshmaydi. U mehnat stajiga kiritiladi, siz esa qonunchilikda o‘rnatilgan barcha huquqlaringizdan foydalana olasiz (O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 84–87-moddalar).
Korzinkaga “tanish-bilishsiz” ishga joylashish mumkin.
Korzinkagacha men kassir bo‘lib ishlaganman. Keyin firma yopildi, men esa 5 oy ishsiz o‘tirdim. Farzandimni yolg‘iz tarbiya qilaman, shu sababli bu davr men uchun judayam qiyin davr bo‘ldi. Katta farzandim maktabga borardi, kichkinasi esa – bog‘chaga. Korzinka ishchilarni ishga qabul qilayotganligini men tasodifan ko‘rib qoldim.
Ba’zida yaxshi ish joyini izlab biz tanishlarimizga murojaat qilamiz. Ular o‘z boshliqlari bilan gaplashib, ishga aynan sizni olishlariga kelishishlari mumkin. Korzinkada meni bunday tanishlarim yo‘q edi. Men umumiy talablar asosida keldim, hech kimning yordamisiz saralashdan o‘tdim – va meni ishga olishdi.
Esimda, suhbatga navbatda o‘tirganimda faqat bir narsa haqida o‘ylardim: "Yoshim 36 da, meni olisharmikan?”. Oxirgi bir necha oy ichida yoshim sababli ko‘p joydan rad javobini oldim. Korzinkada suhbatdan o‘tayotganimda esa bu haqda hech kim og‘iz ochmadi ham. Notanish odamlar menga yaxshi munosabatda bo‘lishgani menga yoqdi. Masalan, mendan qaysi bo‘limda ishlashni xohlashimni so‘rashdi, har xil takliflar berishdi. Men pishloq-kolbasa bo‘limini tanladim, chunki bu mahsulotlarni yaxshi bilaman. O‘shandan beri, mana 11 yildirki, Korzinkada ishlab kelyapman.
Qiziqarli fakt
Korzinka xodimlarni ishga qabul qilishda inson omili ta’sirini kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Endi anketalarni qo‘lda birma-bir to‘ldirish talab etilmaydi. Nomzodlar anketalarni ish.korzinka.uz saytida yoki korzinka_jbot telegram botida onlayn to‘ldiradilar va belgilangan vaqtga suhbatga taklif etiladilar. Nomzodlarni ko‘rib chiqish jarayoni tezlashtirildi, nomzodlarga sms yoki messenjer orqali xabar yuboriladi.
Korzinka ish tajribasiga ega bo‘lmaganlarni ishga qabul qiladi va karerada ko‘tarilish imkoniyatlarini yaratadi.
Men Korzinkaga 2013 yil, riteyl sohasida tajribaga ega bo‘lmay keldim. O‘zim Chinozdan bo‘laman. Bir kuni Toshkentga do‘stim bilan ko‘rishish uchun keldim. Kun issiq edi, biz Korzinkaga suv olgani kirdik. Men Korzinkada men tengi yosh yigitlar ishlayotganiga e’tibor qaratdim. Ular xaridorlarga mehr bilan xizmat ko‘rsatishardi va shu narsa meni o‘ziga jalb qildi.
O‘sha vaqtda men ish izlayotgan edim – tezroq o‘zim pul ishlab topish ilinjida yurgandim. O‘sha vaqtning o‘zida kassirdan qanday qilib Korzinkaga ishga kirish mumkinligini so‘radim. Ertasiga uning maslahatiga asoslanib ofisni topib bordim, suhbatdan o‘tdim. Men Chinozdanligimni va baliq bilan ishlay olishimni bilgandan so‘ng, rekruter baliq bo‘limida ish taklif qildi.
Men o‘zi shunaqa odamman – umuman ishsiz o‘tira olmayman. O‘z ishimni yakunlab, boshqa bo‘limlarga yordamga borardim. Buni ko‘rgan rahbar menga boshqa qiziqarliroq va mas’uliyatliroq vazifalar bera boshladi.
2017 yil men birinchi supervayzer boshqaruvchilik lavozimimni qo‘lga kiritdim, hozir esa men do‘kon boshqaruvchisiman. Bir vaqtning o‘zida men OTMda ham tahsil olaman – universitetning 4-kursida o‘qiyapman. Shartnoma to‘lovini kompaniya to‘lab beradi, bu ham men uchun katta qulaylik. O‘qishni tugatganimdan so‘ng hududlar bo‘yicha menejyer lavozimini egallamoqchiman. Korzinkada o‘sish uchun barcha sharoitlar mavjud, faqat bunga erishish, avvalo, odamning o‘ziga bog‘liq – agar siz maqsad tomon intilsangiz va o‘z ustingizda tinimsiz ishlasangiz, albatta o‘zingiz istagan darajaga yetasiz.
Qiziqarli fakt
70 foiz boshqaruvchilik o‘rinlari kompaniya ichki xodimlarini oldinga surish orqali to‘ldiriladi. Eng yosh do‘kon boshqaruvchisining yoshi – 24 yoshda.
Korzinka ovqat bilan ta’minlaydi.
Kompaniya hisobidan ovqatlanish – bu ham qulay, ham mablag‘ iqtisodiga xizmat qiladi: har doim pul sarflash va qayerda ovqatlanishni o‘ylashga to‘g‘ri kelmaydi. Men Korzinkada 10 yildan buyon ishlab kelaman, shu sababli boshqalar tushlikka qancha pul sarflashlarini xayolimga ham keltira olmayman. O‘ylashimcha, oyiga 800 mingcha chiqsa kerak.
Bu yerda bizni ovqat bilan to‘ydirishadi, yana mazali va har xil taomlar bilan: osh, mastava, moshxo‘rda, dimlama. Tushlikda birinchi va ikkinchi taom beriladi. Ba’zida pishiriq ham beriladi: tortlar, go‘shtli va mevali piroglar. Men hammasidan ham ko‘proq oshni yaxshi ko‘raman. Bayram kunlarida esa hamma xodimlar uchun katta dasturxon yoziladi.
Qiziqarli fakt
Birinchi smena uchun nonushta va tushlik, ikkinchi smena uchun kechki ovqat va tamaddi beriladi.
Korzinka ish haqini o‘z vaqtida to‘laydi.
Men faqat oylikka yashayman, shuning uchun ish haqini vaqtida olishim men uchun juda muhim. Hozircha oilam yo‘q, shu sababli kimningdir yordamiga umid qila olmayman.
Korzinkada oyning 5- yoki 6-sanasida ish haqi kartaga tushishini hamma xodimlar bilishadi. Men xarajatlarimni bemalol rejalashtirishim mumkin va kimdan qarz so‘rashga bosh qotirib o‘tirmayman. Xarajatlarim, ko‘pchilik bilan solishtirganda, nisbatan kamroq. Chunki bizga do‘konda ovqat berishadi, uygacha esa piyoda yetib olaman. Korzinkalarning ko‘pligi juda yaxshi-da, uyingiz yaqinidagisiga ishga joylashishingiz mumkin.
Qiziqarli fakt
So‘nggi 2 yil davomida Korzinka faol o‘sish davrida. Har oy bir necha supermarketlar ochilmoqda, shu tariqa uyingiz yaqinidagi do‘konga ishga joylashish imkoniyati oshib bormoqda.
Korzinka OTM shartnomasini to‘lab beradi.
Korzinkaga ishga kirgan vaqtimdan ko‘p o‘tmay, ichki yangiliklar portalimizda Korzinka xodimlariga shartnoma to‘lovini to‘lab berishi haqida o‘qib qoldim. Buning uchun bir yil davomida sidqidildan ishlashning o‘zi kifoya. Yordam qaytarib olinmaydi va keyinchalik qo‘shimcha ishlab berish talab qilinmaydi.
Hozir Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida, xalqaro jurnalistika fakultetida o‘qiyapman. Kontrakt to‘lovi yiliga 7 mln so‘mdan ko‘proq va uning hammasini kompaniya to‘lab beradi.
Oliy ta’lim menga karera zinapoyasidan tezroq ko‘tarilishim uchun kerak. Korzinkaga tez orada muloqot bo‘yicha yanada ko‘proq mutaxassislar kerak bo‘ladi deb hisoblayman, ana shunda shu sohadagi bilimlarim menga asqatadi.
O‘qish va ishni birgalikda olib borish qiyin emas: kompaniya ish jadvalini tuzishda talabalarga imkoniyat yaratadi. Darslarim kechki soat 6 dan 9 gacha davom etadi, shu sababli men ertalabki smenada ishlayman.
Qiziqarli fakt
Korzinka nafaqat xodimlar, balki ularning yaqin qarindoshlari OTM shartnomalarini ham to‘lab beradi: turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-uka, opa-singillari. Oxirgi yil ichida ushbu imtiyozdan 400 dan ortiq xodimlar foydalandilar.
Korzinka shaffof ish sharoitlari bilan ta’minlaydi.
Menga Korzinkada sharoitlarning ochiq va tushunarliligi yoqadi. Men qanday haq-huquqlarga egaligimni, yana qanday imtiyozlar va qo‘shimcha to‘lovlar olishim mumkinligini yaxshi bilaman. Kompaniyada hamma qoidalar asosida ishlaydi: har yili ta’til beriladi, kompensatsiya to‘lovlari o‘tkazilib beriladi, o‘z vaqtida hamma to‘lovlar amalga oshiriladi. Oldinlari men tikuvchi bo‘lib ishlaganman, ish haqini tez-tez ushlab qolishardi.
Rasmiy ishda ishlaganim uchun kredit ham olishim mumkin, nafaqa yoshiga yetganimda esa nafaqa olaman. Shuningdek, Korzinkada kasal bo‘lganda yoki moddiy yordam kerak bo‘lganda ham to‘lovlar amalga oshiriladi. Masalan, shoshilinch operatsiya talab etilganda, yoki yaqin insoningiz kasal bo‘lib qolganda. Yana kompaniyada psixolog va medik ham bor, ularga istalgan vaqt murojaat qilish mumkin.
Mening yana ikkita qo‘shimcha to‘lovim bor: men universal xodimman, ya’ni faqat sotuvchi bo‘lib emas, kassada navbat ko‘payib ketganda u yerda ham yordam beraman. Shu bilan birga men murabbiy hamman – jamoa yangi a’zolariga ish o‘rgataman, bunga alohida bonus o‘tkaziladi.
Agar siz katta va ahil Korzinka jamoasi a’zosiga aylanmoqchi bo‘lsangiz, t.me/korzinka_jbot Telegram botida bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib chiqing va anketani to‘ldiring!
Reklama huquqi asosida.