Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan qariyb 1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi

Jamiyat 17:53 / 21.07.2022 14023

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Ko‘kdala tumanida joylashgan «Umakay» muntazam yo‘l-patrul maskanida Nexia mashinasi to‘xtatilgan.

Hujjatlarni tekshirish jarayonida mashinada sanitariya qoidalariga zid ravishda qariyb 1 tonna go‘sht ortib ketilayotgani aniqlangan. Dastlabki surishtiruvda haydovchi o‘zining oti va qoramollarini so‘yib, go‘shtini Toshkentga olib ketayotganini aytgan.

Go‘sht tegishli tartibda hujjatlashtirilib, viloyat veterinariya sanitariya-epidemiologiya markazida tekshirib ko‘rilganda uning iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng iste’molga yaroqsiz go‘sht tegishli tartibda yo‘q qilingan.

Avvalroq, «Umakay» muntazam yo‘l-patrul maskanida Chiroqchi tumanida yashovchi shaxsga tegishli Cobalt mashinasiga ortib ketilayotgan 830 kilogramm iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolingandi.

Ko‘proq yangiliklar: