Korzinka — bu katta ahil oila, uning a’zolari esa umumiy ish atrofida birlashgan. Shuningdek, bu yerda taom bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ko‘chma ma’noda – vazifalarga mehr va ishtiyoq bilan yondashgan holda shug‘ullanadilar. Bu ishda ularga qadriyatlarimiz yordam beradi. Taomga masalliqlarni birma-bir, saralab qo‘shganimizdek, biz Korzinkada ish jarayonlariga ushbu qadriyatlarni oqilona qo‘shib kelmoqdamiz.
Qadriyatlar – xodimlar ish jarayonida tayanadigan asosiy tamoyillar. Korzinkada ular 5 ta: har bir mijozga g‘amxo‘rlik qilish, o‘z ishining mohir ustasi bo‘lishga intilish, halollik va o‘zaro hurmat, daxldorlik, yangiliklarga ochiq bo‘lish. Biz ishimizni taom tayyorlashga, qadriyatlarimizni esa masalliqlarga qiyos qildik va shu yo‘nalishda “O‘xshagan ish” deb nomlangan katta loyiha dasturini yo‘lga tushirdik.
Bizning tushunchamizga ko‘ra, “O‘xshagan ish” – bu, natijasi hammaga: mijozlarga ham, hamkorlarga ham, shu bilan birga o‘zimizga ham ma’qul keladigan o‘xshagan ish qilish, ishimizdan so‘ng mijozlarimiz va hamkorlarimizda doim yoqimli ta’m hissi qolishiga intilish demak.
Biz har bir qadriyatni taom tayyorlash bilan bog‘liq timsollar ko‘rinishida taqdim qildik:
1. Mijozlar ta’bini topish – ziravorlar
2. Shaffoflik – buloq suvi
3. Daxldorlik – olov
4. Yangilikka intilish – ekzotik souslar
5. Ilg‘orlik – oshpazlik qalpog‘i
So‘ngra biz xodimlarga haqiqiy oshpazga aylanishni va qadriyatlarimiz – masalliqlardan oqilona va o‘z o‘rnida foydalanishni o‘rganishni taklif qildik.
Uch oy davomida xodimlar qadriyatlarimiz bilan turli o‘yinlar ko‘rinishida yaqindan tanishib, ularning asl ma’nolarini chuqur o‘rganishga kirishdilar, foydali o‘quv manbalarini o‘zlashtirib, turli sinov vazifalarini bajardilar. Loyiha davomida 20 dan ortiq ichki tanlovlar o‘tkazildi, unda xodimlar o‘z ishlarining sara “retseptlari” bilan ham bo‘lishdilar. Har bir faollik uchun ishtirokchilar ballar to‘plab, loyiha so‘ngida superyutuqni qo‘lga kiritish uchun astoydil bellashdilar.
Yaqinda biz loyihamizning eng faol davrini o‘tkazib oldik – taqdirlash marosimida natijalarni sarhisob qildik va o‘n nafar eng faol xodimlarimizni qimmatli sovg‘alar bilan taqdirladik. Bosh sovrin – avtomobilni Korzinka Keles supermarketi xodimi qo‘lga kiritdi. U loyiha doirasidagi eng faol ishtirokchi deb topildi. Shuningdek, o‘ttiz nafar eng faol ishtirokchilar loyiha belgisi tushirilgan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Amalga oshirilgan barcha tadbirlar xodimlarimizning yanada birlashishiga yordam berdi, axir turli bo‘lim, hatto shahar va viloyatlardagi xodimlarimiz o‘zaro tanishib, muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Biz ushbu loyiha ummonining tubiga sho‘ng‘idik, yanada ochiqroq bo‘ldik hamda daxldorlik hissini yanada kuchliroq tuya boshladik. Endi bir-birimizga ko‘proq yordam berishni, hamkasblarimiz fikriga qiziqishni, umumiy “o‘xshagan ish” qilishga intilishni boshladik. Bu, shubhasiz, jamoamizni yanada kuchliroq qildi!
So‘zimiz so‘ngida siz bilan ajoyib videolavhani bo‘lishmoqchimiz. Unda kompaniya asoschisi Zafar Hoshimov taniqli restorator va bosh oshpaz Bahriddin Chustiy bilan birgalikda o‘z retseptlari asosida taom tayyorladilar. Ushbu videolavhada qahramonlarimiz o‘zlarining ish tajribalari bilan bo‘lishadilar hamda qadriyatlar birgalikda a’lo natija berishini ko‘rsatib beradilar. Tomosha qilamiz!
Bo‘sh ish o‘rinlari bilan bu yerda tanishing: https://t.me/korzinka_jbot