Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ishchilarni ish joyida kasbiy xavf-xatardan himoyalash to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qiladi
“Xalqaro mehnat tashkilotining ishchilarni ish joyida havo ifloslanishi, shovqin va tebranish tufayli vujudga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoyalash to‘g‘risidagi 148-son konvensiyasini (Jyeneva, 1977 yil 20 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Getty Images
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston 1992 yildan buyon BMT va Xalqaro mehnat tashkilotining to‘la huquqli a’zosi hisoblanadi.
XMTning 148-sonli konvensiyasi maqsadi milliy qonunchilik yoki qoidalar orqali ish joylarida havo ifloslanishi, shovqin va tebranish bilan chaqiriluvchi kasbiy xavf-xatarlardan ogohlantirish va ularni cheklashga, hamda ushbu xatarlardan himoyalanishga yo‘naltirilgan choralar qabul qilinishi zarurligini belgilaydi.
148-sonli konvensiya ratifikatsiya qilinishi:
- milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishga, xususan Xalqaro mehnat tashkiloti hujjatlarida belgilangan, ish joyida havo ifloslanishi, shovqin va tebranish tufayli vujudga keladigan kasbiy xavf-xatarlar oldini olish, aniqlash va bartaraf etish borasidagi xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi;
- xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda O‘zbekiston ijobiy imijini shakllantirishga yordam beradi;
- Birlashgan millatlar tashkiloti konvensiyalarini nazorat qilish organlari, Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari va tavsiyalarini qo‘llash bo‘yicha ekspertlar qo‘mitasi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti boshqa tuzilmalari tomonidan respublikaga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirilmasligiga sabab bo‘ladi;
- O‘zbekistonning kelgusida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan Jahon savdo tashkilotiga integratsiyalashuvi uchun sharoit yaratilishi hamda preferensiyalar umumiy tizimi doirasida Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirilishini ta’minlaydi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

23:46 / 27.05.2025
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi

10:45 / 13.03.2025
O‘zbekistonning Orxus konvensiyasiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun imzolandi

16:40 / 27.01.2025
O‘zbekiston Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

09:01 / 21.06.2024