Doimiy aholi soni eng ko‘p hududlar ma’lum qilindi
Hududlarning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, respublika hududlarining doimiy aholisi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 4,06 mln kishi.
Shuningdek, keyingi o‘rinlardan 3,93 mln kishi istiqomat qiluvchi Farg‘ona viloyati va 3,43 mln kishi yashovchi Qashqadaryo viloyati joy olgan.
Doimiy aholi soni bo‘yicha ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Andijon viloyati – 3,2 mln kishi;
- Toshkent viloyati – 2,96 mln kishi;
- Namangan viloyati – 2,95 mln kishi;
- Toshkent shahri – 2,90 mln kishi;
- Surxondaryo viloyati – 2,77 mln kishi;
- Buxoro viloyati – 1,99 mln kishi;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1,96 mln kishi;
- Xorazm viloyati – 1,93 mln kishi;
- Jizzax viloyati – 1,45 mln kishi;
- Navoiy viloyati – 1,04 mln kishi;
- Sirdaryo viloyati – 887,1 ming kishi.
Bundan oldin O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘payayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

10:20 / 12.03.2025
O‘zbekistonning doimiy aholisi bir asrda qanchaga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi

13:32 / 07.03.2025