Navoiyda yulduzlarni kuzatish xizmati bo‘lgan sayyohlik majmuasi qurilyapti
Viloyat markazidan qariyb 150 kilometr olisda, Qizilqum cho‘lida bunyod etilayotgan maskanda sayyohlar ot, tuya hamda kvadrosiklda sayr qilish imkoniga ham ega bo‘lishadi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Konimex tumanining Yangig‘azg‘on ovuli hududida qurilayotgan mazkur loyiha bilan tanishgan. Viloyat rahbari qurilish ishlarining borishi va majmuada dam oluvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirgan.

Ta’kidlanishicha, bu yerda sayyohlar uchun an’anaviy va noan’anaviy bo‘lgan 10 ga yaqin xizmat turlari yo‘lga qo‘yiladi. Ot, tuyada hamda kvadrosiklda sayr qilish, tuz va tuya suti bilan davolash, yulduzlarni kuzatish xizmatlari shular jumlasidandir.

Ushbu maskan loyiha quvvatiga ko‘ra kuniga 250 nafarga yaqin dam oluvchiga xizmat ko‘rsatadi. Majmua ishga tushgach turizm xizmati eksporti yiliga 800 ming dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

14:52 / 28.02.2025
Xitoyda g‘amgin kuchukchani eslatuvchi qoya topildi. Sayyohlar u bilan suratga tushish uchun itlarini olib bormoqda (foto)

18:13 / 13.02.2025
Toshkent va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi yig‘imi narxlari oshdi

14:52 / 10.02.2025