Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi

Jamiyat 12:24 / 16.07.2022 16654

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 11 iyul kuni soat 23:00 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz” xalqaro avtomobil yo‘lining Shahrisabz shahar «Qo‘shxona» MFYdan o‘tgan 1171-kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Shahrisabz shahar «Bo‘ston» MFYda yashovchi fuqaro Sh.Sh. Nexia mashinasi bilan Toshkent shahri yo‘nalishi tomon harakatlanib ketayotganda boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina kuchli zarb bilan yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan..

Nexia mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan ikki nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Mashina haydovchisi hamda yana bir yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqandda katta tezlikda mashina boshqargan 17 yoshli o‘smir singlisi va uning dugonasi hayotiga zomin bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: