Uzbekistan Airways'ning Toshkentdan Tokioga parvozlari tiklanmoqda
Toshkent – Tokio – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar tiklanmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Foto: Kun.uz
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, ikki yildan so‘ng Uzbekistan Airways Toshkent – Tokio – Toshkent xalqaro yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklamoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yil 4 avgustdan boshlab parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Bunda:
- Toshkentdan uchish: soat 22:05 da(Toshkent vaqti bilan);
- Tokioga yetib borish: Tokio vaqti bilan juma kuni soat 09:40 da;
- Tokiodan uchish: soat 11:00 da (Tokio vaqti bilan);
- Toshkentga yetib kelish: soat 16:10 da (Toshkent vaqti bilan) amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airways 2020 yilning 1 martidan boshlab dunyoda koronavirus tarqalishi sababli Tokioga muntazam qatnovlarni to‘xtatgan edi.
Mavzuga oid

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi

10:54 / 09.12.2024
Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish va ishlaydigan onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi

23:39 / 30.11.2024