Jaziramada borishga arziydigan qishloq - G‘ova | Manzil

Jamiyat 16:31 / 12.07.2022 27521

Tiniq va zilol suv oquvchi G‘ovasoy, musaffo havosi bilan G‘ova qishlog‘i uzoq yillardan buyon vodiy ahlining dam olish, hordiq chiqarish maskaniga aylanib ulgurgan.

Qishloq kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan, bu yerda kartoshka ekmaydigan xonadonni topish amrimahol. Dehqonchilikning qiziq tomoni shundaki, ekinni yerga qadash, unga ishlov berish va hosilni yig‘ish ishlarida ot va eshaklar yordamidan foydalaniladi.

Qishloqda kartoshka shunchalik ko‘p ekiladiki, mavsumda qishloq hududida kartoshkani ulgurji sotuvchi alohida bozor tashkil qilinadi. Dehqonlarning aytishicha, ba’zida bu bozordan kuniga 500 tonnagacha kartoshka boshqa hududlarga sotilar ekan.

Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal deyishganidek, G‘ova qishlog‘ini ham o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni tavsiya etamiz.

Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.

Ko‘proq yangiliklar: