Abituriyentlar tanlovi – "TIQXMMI" MTUda sizni nimalar kutyapti?

Jamiyat 17:00 / 08.07.2022 11709

Tashkil etilganiga qariyb bir asr bo‘layotgan "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti hamon o‘z maqomini saqlab turibdi.

XX asrning 30-yillarida O‘rta Osiyoda yer-suv islohotlari bu borada mutaxassislarga talab kattaligini ko‘rsatdi. Natijada 1934 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tashkil etiladi.

Ayni paytda universitetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

  1. Suv xo‘jaligi va melioratsiya
  2. Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish
  3. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
  4. Kishlok xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash
  5. Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar
  6. Gidroenergetika
  7. Gidrotexnika kurilishi
  8. Muqobil energiya manbalari
  9. Mexatronika va robototexnika
  10. Sun’iy intellekt
  11. Axborot tizimlari va texnologiyalari
  12. Mexanika va matematik modellashtirish
  13. Yurisprudensiya
  14. Turizm
  15. Statistika
  16. Buxgalteriya hisobi va audit
  17. Iktisodiyet
  18. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti
  19. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
  20. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va boshka yunalish va mutaxassisliklar buyicha kadrlar tayyorlanadi.

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va boshka yunalish va mutaxassisliklar buyicha kadrlar tayyorlanadi.

Bugungi kunda universitetning kunduzgi va sirtqi yo‘nalishida 6000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Shundan 5401 nafari kunduzgi bakalavriat va 454 nafari magistratura yo‘nalishlarida, 3282 nafari sirtqi bakalavriatda ta’lim olishmoqda. O‘tgan o‘quv yilida qariyb 15 mingga yaqin abituriyentlar hujjat topshirgan va bir o‘ringa 6,8 talabgor to‘g‘ri kelgan.

Magistratura bosqichida esa:

Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha);

Gidroenergetika;

Bioiqtisodiyot;

Transchegaraviy suv va yer munosabatlari huquqi;

Aerokosmik texnologiyalar va barqaror rivojlanish (qishloq va suv xo‘jaligida) yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirish mumkin.

Universitetda jami 500 dan ziyod professor-o‘qituvchilar talabalarga dars berishadi.

Ular orasida 77 nafari fan doktori (DSc) va professor, 191 nafari esa fan nomzodi (PhD) va dotsentlardir. Shuningdek, ularning 32 nafari dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida PhD (falsafa doktori yoki fan nomzodi) yoki DSc (fan doktori) kabi ilmiy darajalarga ega bo‘lishgan.

Dunyoning 91 ta davlati bilan Memorandumlar va 7 ta qo‘shma ta’lim dasturlari imzolangani esa xorijda o‘qish orzusidagi abituriyentlar uchun ayni muddao. Bu mamlakatlar orasida Germaniya, AQSh, Niderlandiya, Slovakiya, Rossiya, Belorusiya, Ukraina, Avstriya, Vengriya, Chexiya, Fransiya, Ispaniya, Polsha kabi ko‘plab mamlakatlarni ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari “TIQXMMI” MTU talaba va magistrantlariga 78 nafar xorijlik professor-o‘qituvchilar ta’lim berishadi. Muassasada 253 nafar chet ellik talabalar ham tahsil olishmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti O‘zbekistondagi eng yaxshi universitet deb qayd etildi. Chunki bu yerda tahsil olayotgan talabalar erishayotgan yutuqlar shunday natijaga ega.

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti yoshlarga o‘zini namoyon qilish uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi. Bu oliy ta’lim muassasasi talabalari safida bo‘lishni istaganlar uchun ayni paytda qabul davom etmoqda.

Batafsil ma’lumotni universitet saytidan olish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: