TIQXMMI-Milliy tadqiqot universitetining QS xalqaro reytingdagi ko‘rsatkichi yanada mustahkamlandi

Jamiyat 19:21 / 08.11.2022 16030

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetini transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2025 yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish vazifalari belgilangan.

Bu borada TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yildan yilga oshirib bormoqda.

2022 yilning 8 noyabr kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida QS xalqaro reyting agentligi Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalarining reyting natijalarini e’lon qildi. 

Unda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti QS Asia University Rankings-2023’da Osiyo-Tinch okeani mintaqasi universitetlari orasida 301-o‘rin, Markaziy Osiyo universitetlari orasida 14-o‘rin, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida 1-o‘rinda  qayd qilinib, QS World University Rankings: QS Asia University Rankings 2023’da 40 foizli eng ilg‘or universitetlari qatoridan joy oldi.

 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: