Xiaomi kompaniyasi 12S va 12S Pro smartfonlari sotuvga chiqishini e’lon qildi.
Har ikki smartfonga Snapdragon 8 Plus Gen 1 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, qurilmalar AnTuTu benchmarkida bir milliondan ortiq ball to‘pladi.
Xiaomi modernizatsiya qilingan platforma kamroq energiya sarflashini ta’kidlamoqda.
Xiaomi 12S diagonali 6,28 dyuymli AMOLED-ekranga ega. U 50, 13 va 5 Mp kameralar bilan jihozlangan. Smartfon 8K o‘lchamda videoga olishi mumkin. Akkumulyator sig‘imi 4500 mAs bo‘lib, u simli va simsiz quvvatlanish xususiyatiga ega.
Xiaomi 12S Pro smartfoniga 6,73 dyuymli LTPO texnologiyasida tayyorlangan ekran o‘rnatilgan. Uning asosiy kamerasi 50 Mp bo‘lib, yana ikkita 50 Mp kameraga ega. Akkumulyator sig‘imi 4600 mAs.
Qurilmalar sotuvi dastlab Xitoyda boshlanadi. Xiaomi 12S 4000 yuan (632 dollar), Xiaomi 12S Pro esa 4700 yuan (743 dollar) turadi.