Samarqandda fuqaroni 5 ming dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan OTM bo‘lim boshlig‘i ushlandi

O‘zbekiston 10:07 / 02.07.2022 10683

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 1 iyul kuni fuqaroning arizasiga binoan viloyat IIB JQB hamda DXX boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Tadbirda, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti sirtqi bo‘lim boshlig‘i X.V. ariza muallifidan uning jiyanini o‘zi ishlaydigan OTMga o‘qishga kiritish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
    
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: