O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Isaqulov Dadajon Aynaqulovich olib borayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida jahondagi yirik to‘rtta auditor-konsalting kompaniyalaridan biri hisoblangan, “Ernst & Young” MChJ kompaniyasi tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020 yillardagi hisoboti uchun ijobiy auditorlik xulosalari berilgan edi.
2021 yil yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda to‘liq joriy qilish hamda uni auditdan o‘tkazish bo‘yicha energetika tarmog‘idagi korxonalar miqyosida birinchilardan bo‘lib ijobiy auditorlik xulosasini oldi va yana bir yutuqqa erishdi.
“Ernst & Young” MChJ auditorlik kompaniyasi mutaxassislari tomonidan MHXS asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni auditdan o‘tkazish yo‘nalishidagi ishlar 2022 yilning aprel oyidan boshlab joriy yilning iyun oyi yakuniga qadar bo‘lgan davrni qamrab oldi.
Shuni ta’kidlash joizki, MHXS asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar bo‘yicha ketma-ket uch yil davomida qo‘lga kiritilgan ijobiy auditorlik xulosasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan keyingi yutuqlarga erishish, shu jumladan xalqaro kredit reytingi qo‘lga kiritilishi uchun muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.
Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz
Facebook: fb.com/elektrtarmoq
Instagram: www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
Twitter: twitter.com/uzbekistonme
Utube: utube.uz/ru/users/7208
Youtube: www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg
Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati Ⓣ