Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 11:50 / 01.07.2022 3893

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbir asosiy maqsadi Afg‘onistonda barqarorlik, xavfsizlik, urushdan keyingi tiklanishga ko‘maklashish, ko‘p millatli afg‘on xalqi va butun dunyo manfaatlari yo‘lida ushbu mamlakatni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga integratsiyalashuvi masalalari bo‘yicha jahon hamjamiyati yondashuvlariga doir kompleks chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Anjuman 2018 yil 27 mart kuni o‘tkazilgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi hamda 2021 yil 15-16  iyul kunlari bo‘lib o‘tgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi Toshkent xalqaro konferensiyasi mantiqiy davomi bo‘ladi.

Tashqi ishlar vazirligi 2022 yil 1 iyuldan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyani yoritish uchun milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazishni boshlaydi. Hujjatlar 2022 yil 15 iyulga qadar qabul qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: