Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tadi

Jamiyat 18:22 / 01.07.2022 11312

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 30 iyun kuni Parijda Luvr muzeyi hamda Arab dunyosi instituti bilan O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosiga bag‘ishlangan ikkita yirik ko‘rgazma o‘tkazish bo‘yicha bitimlar imzoladi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

“O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi 2022 yilning 24 noyabridan 2023 yilning 6 martiga qadar Luvr muzeyida bo‘lib o‘tadi va u O‘zbekistonning Ipak yo‘li bo‘ylab III-XV asrlarga oid madaniy merosiga bag‘ishlanadi. Ushbu ko‘rgazma uchun o‘zbek va fransuz mutaxassislari O‘zbekiston muzeylaridagi 70 ga yaqin eksponatlarni maxsus restavratsiya qiladilar”, deb yozdi u o‘z telegram-kanalida.

Shuningdek, Saida Mirziyoyevaning ma’lumot berishicha, Arab dunyosi institutidagi "Samarqand sari yo‘l: O‘zbekiston jilolari va ulug‘vorligi" ko‘rgazmasi 2022 yilning 22 noyabrida ochilib, 2023 yilning 4 iyuniga qadar davom etadi. Unda O‘zbekistonning XIX-XX asrlarga aloqador boy moddiy madaniyati namoyish etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: