"Yer tasarrufida bozor mexanizmlariga o‘tish kerak" - Iqtisodiyot assambleyasi davra suhbati o‘tkazdi

Jamiyat 20:00 / 30.06.2022 9729

Suhbat ochiq muloqot ko‘rinishida – har bir ishtirokchi o‘z fikrini bildirishi mumkin bo‘lgan formatda o‘tdi. Yig‘ilishda Iqtisodiyot assambleyasi, Savdo-sanoat palatasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Agrobiznes assotsiatsiyasi”, USAID xalqaro tashkiloti, Fermerlar kengashi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va xususiy korxonalar mutaxassislari ishtirok etishdi.

Suhbat davomida xususan qishloq xo‘jaligi sohasidagi konseptual muammolar: yer tasarrufini to‘liq bozor munosabatlariga o‘tkazish masalalari ochiq muhokama markazida bo‘ldi. Bildirilgan takliflar qatorida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish huquqini xo‘jalik aylanmasiga kiritish, shu yo‘l bilan yer istifodasini bozor munosabatlariga muvofiqlashtirish, bu bilan yerdan foydalanuvchilarda yerga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirish, dehqon va fermerlarni tom ma’noda mustaqil iqtisodiy sub’yektlarga aylantirish taklifi aytildi.

Iqtisodiyot assambleyasi rahbari Muxtor Umarov bu kabi suhbatlar muntazam o‘tkazib borilishi rejalashtirilgani, tashkilot turli soha mutaxassislari ishtirokida iqtisodiy masalalar yuzasidan ochiq muloqot tajribasini yo‘lga qo‘yayotganini aytdi.

Iqtisodiyot assambleyasi matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: