«Vikipediyada 100 nafar o‘zbek alloma va mutafakkirlari haqida ma’lumotlar bazasi yaratiladi» – prezident

O‘zbekiston 23:04 / 30.06.2022 7539

Yoshlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev internetda o‘zbek milliy kontentini yaratish va rivojlantirish uchun 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini aytdi.

«Hozir vikipediya tarmog‘ida O‘zbekiston haqida 10 mingtadan ortiq maqolalar borligini eshitib xursand bo‘ldim.

Ana shu tajriba asosida, internet tarmog‘ida o‘zbek milliy kontentini rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi», dedi davlat rahbari.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tarixini matnli va video kontentlar orqali targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratiladi va 100 nafar buyuk o‘zbek alloma va mutafakkirlarning internetdagi ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning asarlarini ommalashtiriladi.

«Vikipediyada o‘zbek tilidagi maqolalar sonini 100 mingtaga yetkazish va xorijiy tillarda ham O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish yaxshi samara berishi shubhasiz.

Ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Bunday tadbirlarga, bilimli va shijoatli volontyor yoshlarni jalb qilish hamda ularning faoliyatini tizimli ravishda rag‘batlantirib borish lozim», –  dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Ko‘proq yangiliklar: