Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 29 iyun kuni soat 14:38 larda 4R-87 avtomobil yo‘lining Ko‘kdala tumani, “Beglamish” MFY hududidan o‘tgan qismida harakatlanib borayotgan qora rangli Lada Kalina mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Shundan so‘ng o‘tkinchilar Ko‘kdala tuman FVBga yong‘in haqida xabar berishgan. Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv xizmatidan 1 ta bo‘linma voqea joyiga yetib borib, soat 15:05 larda yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida, Mirishkor tumani, “Jyeynov” MFYda yashovchi Sh.U. boshqaruvida bo‘lgan Lada Kalina mashinasi to‘liq yonib ketgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan, halok bo‘lmagan.
Dastlabki surishtiruvda ma’lum bo‘lishicha, mashina harakatlanayotganda elektr simlari qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Viloyat FVB axborot xizmatining xabar berishicha, mashinada birlamchi yong‘in o‘chirish vositasi (ognetushitel) bo‘lmagani uchun haydovchi olovni dastlabki holatida o‘chira olmagan.
Avvalroq, Qashqadaryoda ikkita Lacetti o‘zaro to‘qnashishi oqibatida ulardan biri yonib ketgandi.
Viloyat FVB axborot xizmatining xabar (https://t.me/qarshifvb/3836?single) berishicha, 2022 yil 29 iyun kuni soat 14:38da Koʻkdala tumani Beglamish mahallasi hududidan oʻtuvchi 4P-87 avtomobil yoʻlida Lada mashinasi yonayotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar berilgan.
Xabarga koʻra, yong‘in-qutqaruv xizmatidan 1 ta boʻlinma voqea joyiga yetib borib, soat 15.05 larda yong‘in toʻliq bartaraf etgan.
Dastlabki surishtiruvda maʼlum boʻlishicha, mashina harakatlanayotganda toʻsatdan yongʻin chiqqan. Mashinada birlamchi yongʻin oʻchirish vositasi (ognetushitel) boʻlmagani uchun haydovchi yongʻinni dastlabki holatida oʻchirolmagan.
Yongʻin oqibatida mashina toʻliq yonib ketgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan, halok bo‘lmagan.