NATO sammiti Ukrainaga yangi yordam paketini ma’qulladi

Jahon 08:31 / 30.06.2022 7892

NATO davlat va hukumat rahbarlari Madriddagi sammitda Ukrainaga yangi yordam paketini ma’qulladilar. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg 29 iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan birinchi ishchi uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi, deb xabar beradi DW. «Bugun yetakchilar Ukrainaga keng ko‘lamli yordam paketini qo‘llab-quvvatlash orqali yordam jarayonini yanada kuchaytirishga kelishib oldilar», dedi Stoltenberg.

Ushbu paket ikki turdagi qo‘llab-quvvatlovni nazarda tutadi. Birinchisi, qisqa muddatda Ukrainaga noharbiy yordam ko‘rsatish. Gap, masalan, yonilg‘i, birinchi tibbiy yordam to‘plamlari haqida ketyapti. Stoltenberg ta’kidlaganidek, dronlarga qarshi tizimlar va xavfsiz aloqa uchun uskunalar ham taqdim etiladi. Ikkinchi turdagi yordam uzoq muddatga mo‘ljallangan: alyans Ukrainaga sovet tipidagi qurollardan NATO standartidagi qurol va jihozlarga o‘tishda yordam bermoqchi. 

NATOdagi DW manbasiga ko‘ra, yangi paket uchun bir necha yuz million yevro ajratiladi. Ukraina hukumati vakillari bilan hamkorlikda yil oxirigacha Ukrainaning NATO qurollariga o‘tishiga yordam berish bo‘yicha loyihalar tayyorlanishi rejalashtirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: