Yevrokomissiya Polsha sud tizimidagi o‘zgarishlarni yetarli emas deb hisobladi

Jahon 12:53 / 29.06.2022 6311

Yevropa komissiyasi (YeK) Polsha sud tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlarni qonun ustuvorligi haqidagi shubhalarni bartaraf etish uchun yetarli emas, deb hisobladi. Lyuksemburgdagi Yevropa sudida bo‘lib o‘tgan jarayon davomida YeI ijrochi organi dastlabki tahlilga ko‘ra, ilgari tanqid qilingan sud-huquq islohotining bahsli qoidalari haligacha bekor qilinmaganini aniq ma’lum qildi, deb yozadi Dpa nemis axborot agentligi 29 iyun, chorshanba kuni. 

Xususan, YeK ma’lumotlariga ko‘ra, Polsha Oliy sudi favqulodda vaziyatlarni nazorat qilish va jamoatchilik masalalari bo‘yicha palatasiga sud hokimiyati mustaqilligi bilan bog‘liq masalalarni hal qilish bo‘yicha mutlaq vakolatlar berilishi tashvishli bo‘lib qolmoqda. 

Oliy sud to‘g‘risida uning intizomiy palatasini tugatuvchi yangi qonun qabul qilingandan so‘ng, Polsha hukumati COVID-19 pandemiyasidan keyin mamlakatni tiklash rejasi doirasida Yevropa ittifoqining 35 milliard yevrolik mablag‘laridan foydalanmoqchi edi. Yevropa komissiyasi Polsha sud tizimidagi jiddiy kamchiliklarni ko‘rib, bir necha oy davomida mablag‘ taqdim etilishiga to‘sqinlik qilmoqda. 

Polsha adliya tizimi 2015 yildan beri qayta tuzilmoqda. Xususan, Oliy sudni qayta tashkil etish to‘g‘risida va Milliy adliya kengashi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Adliya vaziriga Oliy sud sudyalarini tayinlash va iste’foga chiqarish tashabbusi bilan chiqish vakolati berildi, ular qonun bilan muddatidan oldin iste’foga chiqishi mumkin edi. Bundan tashqari, 2018 yilda Polsha Oliy sudi a’zolari uchun sudyalarga nisbatan intizomiy qoidalarni qo‘llash, shu jumladan, lavozimidan chetlashtirishgacha mas’ul bo‘lgan intizomiy kollegiya tashkil etildi. 

Oliy sud intizomiy kollegiyasi o‘rniga endilikda Kasbiy mas’uliyat palatasi tashkil etiladi. Barcha sudyalardan 33 nafari tanlab olinadi, shulardan prezident 11 nafar sudyani Kasbiy mas’uliyat palatasiga besh yil muddatga saylaydi. Intizomiy kollegiya sudyalari boshqa palataga o‘tishi yoki iste’foga chiqishi mumkin bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: