Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Jahon 11:37 / 29.06.2022 12065

«Hodisa dushanba kuni kechqurun Kommunarka aholi punktidagi turar joy majmualaridan biri yaqinida sodir bo‘lgan. Muhojirlar va qo‘riqchilar o‘rtasidagi og‘zaki janjal ommaviy mushtlashuvga aylangan, uning davomida ishtirokchilar tayoqlardan foydalangan. Mushtlashuvda hammasi bo‘lib kamida o‘n kishi ishtirok etgan», — dedi agentlik suhbatdoshi. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Rossiya IIVning Moskva shahar bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati TASS agentligiga 27 iyun kuni kechki payt politsiyaga Kommunarka aholi punktida jamoat tartibi buzilgani haqida xabar kelib tushganini tasdiqladi. 

«Politsiya yetib kelgan vaqtda, janjallashayotgan shaxslar voqea joyini tark etishgan. Hozirda politsiya noma’lum shaxslarni qidirmoqda, keyinroq ularni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish masalasi hal qilinadi», - dedi agentlik suhbatdoshi. 

Ayni paytda, «Mnogonatsional» Telegram-kanali xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Novaya zvezda» turar joy majmuasi yaqinida ikki erkak o‘rtasida janjal kelib chiqqan, yana bir necha kishi qichqiriqlarga yugurib kelib, bir-birini do‘pposlagan. Janjal toshlar va tayoqlar yordamida davom ettirilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mushtlashuvda qo‘riqlash xizmati xodimlari ham ishtirok etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: