700 kvadratlik minimalizm: Chilonzordagi super hovliga sayohat

Jamiyat 16:28 / 29.06.2022 26862

“Inshoot” loyihasining navbatdagi soni Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar mahallasida joylashgan, trenddagi minimalizm uslubida qurilgan xonadonga bag‘ishlanadi. 6 sotixli hovlidagi uyning umumiy maydoni qariyb 700 kvadrat metr. Yangi hovli sotuvga qo‘yilgan.

Xonadon 2 qavat bino va yerto‘ladan iborat. Uyning fasad qismi och kulrang rangda bo‘lib, qora rangdagi oyna romlari bilan uyg‘unlashtirilgan.

Hovlida yashil hudud, yozgi oshxona va 2 ta avtomobil uchun joy ajratilgan. Maysadan tashqari joylarda odatiy bruschatkalardan emas, balki suv va qorga bardoshli keramogranit qurilish materialidan foydalanilgan. Shuningdek, hovlida yozgi oshxona va elektroavtomobillarni quvvatlash uchun alohida joy ajratilgan.

Xonadon ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, mehmon va mezbonlar uchun alohida kirish eshigi qilingan. Birinchi bo‘lib mehmonlar uchun ajratilgan eshikdan kiradigan bo‘lsak, u yerda yuvinish xonasi va yog‘och javon o‘rnatilgan, dahlizning shift qismi moviy ottochento mahsulotidan qilingan. Mehmonxona uchun neytral rang tanlangan bo‘lib, televizor hudud va bio-kamin o‘rin olgan.

Xonadon ikki qismga bo‘lingan, ya’ni mehmonlar va mezbonlar uchun kirish eshiklari alohida. Mehmonlar uchun ajratilgan eshik kichik dahlizga olib kiradi: bu yerdagi yog‘och javonga kiyimlarni ilib, yuvinish xonasi, mehmonxona va oshxonadan biriga kirish mumkin. Mehmonxona uchun neytral rang tanlangan bo‘lib, undan televizor hududi va bio-kamin o‘rin olgan.

1-qavatdagi yotoqxona kengligi va qulayliklari bilan master-yotoqxonadan qolishmaydi. Unda alohida garderob zona va yuvinish xonasi bor.

1-qavatning mezbonlar uchun ajratilgan qismda yumshoq hududga ega holl va oshxona joylashgan. Oshxonada qo‘shimcha havo almashtirish tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, markaziy qismida Braziliya granitidan yasatilgan oshxona stoli hamda ovqatlanish burchagi o‘rin olgan.

Holldan yerto‘la va 2-qavatga chiqish uchun qo‘shimcha yoritgichlarga ega zinalar joylashgan. Binoning 2-qavatida yumshoq hudud uchun ajratilgan holl, 2ta bolalar xonasi va 1ta master yotoqxona mavjud. Master yotoqxonada yuvinish xonasi va fransuz uslubidagi balkonga chiqish eshigi joylashgan. Balkon hovliga qaragan bo‘lib, mustahkam oynadan foydalanilgan.

Xonadonda barcha qulayliklar yaratilib, namozxona, qishki bog‘ va simsiz wi-fi tizimi o‘rnatilgan. Shu bilan birga, yerto‘lada sportzal, sauna, kichik suv havzasi, kir yuvish xonasi va texnik xona mavjud. Yerto‘lada telefon aloqasi uzilib qolmasligini ta’minlash uchun maxsus texnik uskunalar o‘rnatilgan.

Video davomida xonadonning qurilish va interer dizayni haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Xonadon egasi bilan aloqa:

+998 97 420 65 00

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: