Toshkentda xonadonlardan biriga o‘g‘rilikka tushgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi (video)

O‘zbekiston 07:17 / 28.06.2022 11763

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, jinoyatchilar voqea joyidan yashirinish uchun xonadonga yetib kelgan jabrlanuvchi qizlarini pichoq bilan qo‘rqitib, ular minib kelgan “Jyentra” rusumli mashinani olib qochgan.

Ushbu jinoiy guruh qisqa vaqt ichida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushlangan. 

Fuqarolar: 1978 yilda tug‘ilgan T., 1986 yilda tug‘ilgan O., 1988 yilda tug‘ilgan B., 1991 yilda tug‘ilgan M., 1991 yilda tug‘ilgan A., 1997 yilda tug‘ilgan A., 1998 yilda tug‘ilgan M., 2000 yilda tug‘ilgan D.ga Jinoyat kodeksi 164-moddasi va 267-moddasi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Hozirda jinoyat ishi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudiga yuborilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Ko‘proq yangiliklar: