Pensiya tayinlashda yana bir qo‘shimcha hujjat talab etish bekor qilindi

O‘zbekiston 12:07 / 28.06.2022 8487

Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan talab etiladigan hujjatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida Adliya vazirligi va Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

“Yangi O‘zbekiston” nashrining xabar berishicha, ushbu axborot almashinuvi orqali davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolar oila tarkibi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlari avtomatik tarzda  shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Ya’ni, endilikda pensiya tayinlashda nikoh, ajrim va farzandlar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari va ular nusxalari talab etilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: