Yoshlar oyligi viloyatning “Open air" tadbiri bilan yakunlandi. 80 mingdan ziyod tamoshabin yig‘ilgan tadbirda viloyat faollari, turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar taqdirlanib, mahalla yoshlariga kelgusida bunyod etiladigan sport maydonchalari va zamonaviy texnikalar uchun sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri fotoreportaj tayyorladi.
“Andijon polkasi”ning 100 yilligi munosabati bilan raqsning targ‘iboti va ommalashuvi uchun o‘tkazilgan fleshmobda o‘z videoroligi bilan qatnashgan rejissyor G‘ayrat Ahmedov “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.