Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqi maksimal miqdori oshiriladi

O‘zbekiston 07:34 / 27.06.2022 33926

Qo‘mita a’zolari “Fuqarolar davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qildi.

Qonun loyihasi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” 223-bandiga asosan ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasi bilan pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqi maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirish nazarda tutilmoqda.

Taklif etilayotgan ushbu tartib pensionerlar daromadi va farovonligini oshirish, pensiyalar miqdori bilan ish haqi o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish, pensiya oluvchi fuqarolar moddiy farovonligini yanada oshirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishi bildirilgan.

Qo‘mita a’zolari tomonidan qonun loyihasi dastlabki tarzda ma’qullanib, Qonunchilik palatasi kengashi navbatdagi majlisi muhokamasiga kiritishga kelishildi.

Ko‘proq yangiliklar: