Yangi aviakompaniya xodimlarni ishga jalb qilishini e’lon qiladi

Jamiyat 17:00 / 24.06.2022 22109

Yangi aviakompaniya quyidagi vakansiyalarni e’lon qiladi:

1. Havo kemasi komandiri (HKK).

Talablar:

Yoshi – 55 yoshdan katta bo‘lmagan.

Ma’lumoti – uchuvchilar bilim yurti (diplom).

Guvohnoma – (ATPL)* aviatsiya xodimi guvohnomasi.

Amaldagi UOEK (VLEK) xulosasi.

Ish tajribasi – turdagi HKK sifatida 1000 soatdan kam bo‘lmagan.

ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tilini bilish darajasi - IV darajadan past bo‘lmagan amaldagi sertifikat.

Ariza berish vaqtida parvoz ishidagi tanaffus - 6 oydan ko‘p bo‘lmasligi.

Ariza berish uchun quyidagilar taqdim etiladi:

parvoz daftarchasining skanerlangan versiyasi yoki uning analogi

- ICAO 4 shkalasi bo‘yicha va undan yuqori bo‘lgan ingliz tilini bilish sertifikati

harbiy guvohnoma

  • Guvohnoma amaldagi UOEK (VLEK) tibbiyot xulosasisiz haqiqiy hisoblanmaydi (O‘zR 61-son AP).

2. Ikkinchi uchuvchi (IU).

Talablar:

Yoshi – 50 yoshdan katta bo‘lmagan.

Ma’lumoti – uchuvchilar bilim yurti (diplom).

Guvohnoma – (CPL, ATPL)* aviatsiya xodimi guvohnomasi.

Amaldagi UOEK (VLEK) xulosasi.

Ish tajribasi – turdagi IU sifatida 500 soatdan kam bo‘lmagan.

ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tilini bilish darajasi - IV darajadan past bo‘lmagan amaldagi sertifikat.

Ariza berish vaqtida parvoz ishidagi tanaffus - 6 oydan ko‘p bo‘lmasligi.

Ariza berish uchun quyidagilar taqdim etiladi:

  • parvoz daftarchasining skanerlangan versiyasi yoki uning analogi
  • ICAO 4 shkalasi bo‘yicha va undan yuqori bo‘lgan ingliz tilini bilish sertifikati
  • harbiy guvohnoma
  • Guvohnoma amaldagi UOEK (VLEK) tibbiyot xulosasisiz haqiqiy hisoblanmaydi (O‘zR 61-son AP).

3. Bortkuzatuvchi.

Talablar:

Yoshi – 20 yoshdan 30 yoshgacha.

Guvohnoma - amaldagi aviatsiya xodimi guvohnomasi *.

Amaldagi UOEK (VLEK) xulosasi.

Ma’lumoti – kamida o‘rta ma’lumotli.

Tillarni bilish tayyorgarligi - o‘zbek, rus va ingliz (IELs**  4 sertifikati) tillarida erkin so‘zlashish.

Bo‘yi - qizlar 165 -170 sm, Yigitlar 170 – 180 sm

Vazni - bo‘yiga muvofiq (tana massasi indeksiga loyiq)

Tashqi ko‘rinishi - yoqimli ko‘rinish, yengil pardoz, ozoda soch turmagi yoki soch kesilishi (sochlar tabiiy tusga ega bo‘lishi kerak), sariq va oq metallardan yasalgan tish tojlarining mavjud emasligi, tishlarning tekis bo‘lishi va to‘g‘ri tishlash ko‘rinishi, tanada ko‘rinadigan izlarning, pirsing va tatuirovkaning mavjud bo‘lmasligi.

Sifatlari - stressga chidamlilik, kirishimlilik, samimiylik, ishonchlilik, o‘ta aniqlilik, vijdonlilik, aniq talaffuzga ega bo‘lish va savodli nutq.

  • Guvohnoma UOEK (VLEK) tibbiyot xulosasisiz haqiqiy hisoblanmaydi (O‘zR 61-son AP)
  • International English Language Testing System.

Nomzodlar tarjimai hol (rezyume) ilovasida to‘liq metrajli surat va yuzining yaqindan suratini (tabiiy ko‘rinishda) yuborishlari kerak.

Tarjimai hol va boshqa hujjatlarni elektron pochtamizga yuboring info@samair.uz

Hujjatlar 2022 yilning 1 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: