Sardor Rashidov Qatar klubiga transfer qilindi

Sport 20:43 / 24.06.2022 24897

Toshkent klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, o‘tgan mavsum Qatar chempionatida 6-o‘rinni egallagan «Umm Salal» klubi Rashidovni o‘z safiga qo‘shib olgan.

Sardor kuni kecha Superliga 12-turi doirasidagi «Qizilqum»ga qarshi Navoiydagi bahsda (2:0) supergol muallifiga aylangandi. 

Ma’lumot uchun, Sardor Rashidov joriy mavsum Superligada 7 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan. 31 yoshli hujumkor yarimhimoyachi bungacha 2015-2017 yillarda Qatarning «Al-Jaish», 2019-2020 yillarda «Qatar SK» klubi sharafini himoya qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: