Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil yo‘llarida sifatsiz qurilish ishlarini olib borgan 7 ta buyurtmachiga 468 mln so‘m to‘lab berilmadi
Avtomobil yo‘lida sifatsiz qurilish-montaj ishlarini olib borgan 7 ta buyurtmachiga 468 mln 69 ming so‘m to‘lab berilmadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zyo‘linspeksiya" boshqarma boshlig‘i Dilshod Oxunjonov ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida avtomobil yo‘llari foydalanuvchilaridan kelib tushgan 67 ta murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
31 ta murojaat bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ko‘rsatma talablarini muddatida bartaraf etmagan 3 ta holat yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar qo‘llash bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
7 ta holat bo‘yicha 468 mln 69 ming so‘mlik sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlarini hisobdan chiqarish bo‘yicha buyurtmachilarga talabnoma kiritildi. Bildirilishicha, shuncha miqdordagi pul – ishlar sifatsiz bajarilgani bois, to‘lab berilmaydi.
Qolgan murojaatlar bo‘yicha ham tegishli qonuniy choralar ko‘rilgan. Mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar qo‘llash va keltirilgan zararni qoplash bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 147-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi.
Mavzuga oid

12:26 / 22.02.2025
Peterburgdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi

15:00 / 06.09.2023
Samarqandda xalqaro konferensiya munosabati bilan ayrim yo‘llar harakat uchun yopiladi

17:17 / 24.08.2023
Yo‘llarni 822 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgan - Senat

09:22 / 25.07.2023