O‘zbekiston yetakchi ayollar muloqoti platformasi ochildi
Joriy yilning 21 iyun kuni Senat Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Xotin-qizlar jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiyasi, BMT taraqqiyot dasturi O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda O‘zbekiston yetakchi ayollar muloqoti platformasi ochilishi marosimi o‘tkazildi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Senat raisi Tanzila Norboyeva kirish so‘zida xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini oshirish, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi, rahbar ayollar safini kengaytiruvchi hamda gender strategiyasi doirasidagi islohotlar bo‘yicha erkaklar va ayollar xabardorligini oshiruvchi, sohada jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazib boruvchi, har bir hududda turli sohalarida mehnat qilayotgan faol xotin-qizlardan iborat O‘zbekiston yetakchi ayollar muloqoti platformasi tashkil etilganiga to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston yetakchi ayollar muloqoti platformasi asosiy maqsadi xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini oshirish, rahbar ayollar safini yanada kengaytirish, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yosh qizlarni rahbarlikka tayyorlash, gender tenglik muammolarini bartaraf etishga xizmat qiladi. U respublika 14 ta hududidagi turli sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi faol ayollarni birlashtiradi.
Platforma faoliyati har bir hududdagi xotin-qizlar tadbirkorlik, ilm-fan, axborot texnologiyalari, media, sport va madaniyat kabi sohalardagi asosiy muammolarini aniqlab, imkoniyati cheklangan yetakchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tengsizlikni keltirib chiqaradigan gender stereotiplari va noo‘rin ijtimoiy me’yorlarga chek qo‘yilishiga yordam beradi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning yangicha yondashuvi, g‘oya va tashabbuslar bilan chiqishlariga ko‘mak berish, siyosiy jarayonlarda ular faol ishtirokini ta’minlash, mazkur jarayonlarda yetakchi faol ayollar o‘rni va roli masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.
Mavzuga oid

10:56 / 08.03.2025
5 nafar ayolni biznesga olib kirgan tadbirkorga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi

08:41 / 08.03.2025
2025 yilda 2 mln nafar ayollar bandligini ta’minlash rejalashtirilgan

17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi

18:05 / 25.10.2024