Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan yoshlarning repetitor xarajatlari qoplab beriladi
Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Foto: Fotolia
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, nogiron yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdori 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.
Subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi yoki YaIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:
- ariza bola qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami va bola qonuniy vakili ekanini tasdiqlovchi hujjat;
- nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnoma elektron nusxasi;
- yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:
- yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar elektron nusxalari;
- ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilgani haqidagi bildirishnoma elektron nusxasi.
Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi. Ariza 3 ish kunida ko‘rib chiqilib:
- subsidiya ajratish haqida elektron tizimga ma’lumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi;
- nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi mahalla yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchi nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qishini joyiga chiqqan holda monitoring qilish vazifasi yuklatiladi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ariza beruvchilarga oid ma’lumotlar sir saqlanadi.
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti ham tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

13:15 / 07.06.2025
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi

13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

15:58 / 12.05.2025