Mane «Bavariya» futbolchisiga aylandi
«Liverpul» hujumchisi Sadio Mane faoliyatini Bundesligada davom ettiradigan bo‘ldi.

Foto: AP
«Bavariya» klubi senegallik 30 yoshli futbolchi transferini e’lon qildi. Tomonlar 2025 yilning yoziga qadar kelishuvga erishgan.
Avvalroq, Myunxen klubi Mane transferi uchun «Liverpul»ga 32 million yevro to‘lashi, ushbu mablag‘ bonuslar hisobiga 40 million yevrogacha yetishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Sadio 2016 yildan buyon «Liverpul» safida to‘p surib kelayotgan edi. 30 yoshli hujumkor futbolchi joriy mavsum klubi safida 50 bahsda 23ta gol kiritib, 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Mane klubi safida jami 269 o‘yinda 120ta gol va 48ta assist muallifiga aylangan.
Mavzuga oid

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

14:17 / 30.01.2025
YeChLda guruh bosqichi yakunlari: «Siti»ni o‘tish o‘yinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi

11:09 / 23.01.2025
«Siti» superkambek qurboni, «Real» 5 ta gol urdi, «Bavariya»da yirik mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

10:10 / 11.12.2024