Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22 iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 32,13 so‘mga pastlab, 10 895,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 4,29 so‘mga ko‘tarilib, 11 514,88 so‘m bo‘ldi. Rubl 5,72 so‘mga oshib, 199,74 so‘m bo‘ldi.
20 iyun kuni dollar kursi ketma-ket ikki kun pastlab, 10 928,12 so‘mni tashkil qilgandi.