Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga mag‘lubiyatga uchrab, turnirni 2-o‘rinda yakunladi

Sport 20:05 / 19.06.2022 38623

«Bunyodkor» stadionida 32 mingdan ortiq tomoshabin qarshisidagi hal qiluvchi to‘qnashuvda Temur Kapadze shogirdlari Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘lishdi. 

Uchrashuvning 49-daqiqasida Al-Gamdi ajoyib zarbasi bilan Nazarov darvozasini ishg‘ol etib, hisobni ochdi – 0:1.

70-daqiqada Ruslan Jiyanov hisobni tenglashtirdi, ammo gol inobatga olinmadi – ofsayd.

74-daqiqada esa Al-Buraykan o‘yindagi ikkinchi golni urib, amalda barcha masalaga nuqta qo‘ydi – 0:2.

Shu tariqa, Saudiya Arabistoni turnirda birorta ham to‘p o‘tkazmay, Osiyoning 23 yoshli jamoalari orasida tengsiz bo‘ldi. O‘zbekiston olimpiya jamoasi esa musobaqani 2-o‘rinda yakunladi. 3-o‘rin Yaponiyaga nasib etdi.

Osiyo kubogi U23. Final.
19 iyun (yakshanba)
O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni – 0:2
Toshkent, «Bunyodkor» stadioni. 32 368 tomoshabin.

Gollar: Hamid Al-Gamdi, 49, Firas Al-Buraykan, 74.
O‘zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov (15. Odil Abdumajidov, 57), 3. Dostonbek Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov (Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 83), 9. Ulug‘bek Hoshimov (Ruslanbek Jiyanov, 57), 10. Jasur Jaloliddinov, 17. Diyor Xolmatov (14. Abbosbek Fayzullayev, 83), 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev, 23. Abdurauf Bo‘riyev.
Saudiya Arabistoni: 1. Navaf Al-Aqidi, 5. Hassan Tambakti, 6. Ibrohim Maxnashi, 7. Ayman Yahyo, 8 Hamid Al-Gamdi, 9. Firas Al-Buraykan, 11. Ahmad Al-Gamdi, 12. Muteb Al-Xarbi, 13. Hamad Al-Yami, 15. Husayn Al-Eysa (10. Turki Al-Ammar, 60), 23. Saud Abdulhamid.

Ko‘proq yangiliklar: